17 mart kuni Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1−2 iyul kunlari Nukusda ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblanayotgan 39 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha sud qarori e’lon qilinadi. Bu haqda seshanba kuni O‘zbekiston Oliy sudi matbuot kotibi Aziz Abidov ma’lum qildi.

«Gazeta.uz» prokuror suddan Nukus voqealari bo‘yicha sudlanayotgan 37 nafar shaxsga 5 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, 2 nafariga esa ozodlikni cheklash jazosi berishni so‘ragani haqida yozgan edi.

Bu Nukus va Qoraqalpog‘iston viloyatlaridagi voqealar bo‘yicha ikkinchi sud jarayonidir. Birinchi sud jarayoni 31 yanvar kuni yakunlandi, sudlanuvchilar kursisida 22 kishi bor edi. Ulardan to‘rt nafariga bir necha yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi, qolganlari 3 yildan 16 yilgacha ozodlikdan mahrum etilgan.