21 fevral kuni Qohirada bo‘lib o‘tgan muzokaralarda O‘zbekiston va Misr prezidentlari boshqa mavzular qatorida Isroil-Falastin masalasini ham muhokama qildilar. Bu haqda Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi uchrashuv yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi (video).

Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlarning Isroil va Falastin o‘rtasidagi mojaroning yechimi bo‘yicha qarashlari «butunlay mos keladi».

«Ikkala tomon ham mamlakatlar hududlari 1967 yilda qabul qilingan rezolyutsiya asosidagi poytaxti Ierusalim bo‘lgan hududlarga bo‘linishi lozim ekanligini ta’kidladik», — dedi Abdulfattoh as-Sisi.

Davlat rahbarlari, shuningdek, Rossiya-Ukraina mojarosiga siyosiy yechim topish muhimligini ham muhokama qildilar, ularning fikricha, bu butun dunyoga ta’sir ko‘rsatmoqda.

абдулфаттоҳ as-сиси, миср, шавкат мирзиёев

Misr Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Efiopiyaning Xidase to‘g‘oni yoki Afrikadagi eng yirik to‘g‘onga aylanishi kerak bo‘lgan «Buyuk tiklanish to‘g‘oni»ni to‘ldirish bo‘yicha rejalariga qarshi chiqqan Misr tomonini qo‘llab-quvvatlaganini ta’kidladi.

Efiopiya loyihani 2011 yildan beri amalga oshirib kelmoqda. To‘rtta to‘g‘on kaskadidan iborat GES quvvati 5250 MVtni tashkil qiladi. Loyiha 80% bajarilgan. Addis-Abeba to‘g‘onni 2022−2023 yillarda foydalanishga topshirmoqchi. Misr va Sudan Nildagi GESning ishlashi natijasida suvning keskin tanqisligi yuzaga kelishi, bu ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolarga olib kelishi mumkinligidan xavotirda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Falastin-Isroil muammosi va boshqa siyosiy masalalar muhokama qilinganini tasdiqladi.

«Albatta, bu bizga ham yangi masala emas. Bizda ham bu masala bo‘lgan edi. Shuning uchun biz juda katta muloqotlarni o‘tkazib, bu masala bo‘yicha chuqur fikrlarga keldik. Rossiya-Ukraina bo‘yicha ham juda ko‘p muloqot qildik va qarashlarimiz, yo‘nalishlarimiz birligini tasdiqladik», — dedi O‘zbekiston prezidenti.

Abdulfattoh as-Sisi avvalroq Misr Rossiya-Ukraina mojarosida betaraf ekanligini hamda urushni to‘xtatishga chaqirishini ma’lum qilgan edi. O‘zbekiston ham Rossiyaning Ukrainada amalga oshirayotgan harbiy harakatlari bo‘yicha «vazmin, neytral pozitsiyada» ekanini bildirgan. Sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov ham O‘zbekiston Ukrainaning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan olishini ta’kidlagandi.