O‘zbekiston 2022 yilda xorijdan qiymati 69,8 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 2180 dona elektromobil import qilgan. Bu haqda Statistika qo‘mitasi xabar qildi.

Elektromobillar importi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 1371 taga oshgan.

O‘zbekiston 2022 yilda eng ko‘p elektromobil import qilingan davlatlar:

  • Xitoy — 1 941 dona;
  • BAA — 111 dona;
  • Germaniya — 58 dona;
  • Gonkong — 42 dona;
  • Litva — 10 dona;
  • Koreya — 7 dona;
  • Boshqa davlatlar — 11 dona.

2022 yil dekabrida O‘zbekistonda elektromobillar ishlab chiqarish davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi ma’lum bo‘ldi. 19 dekabr kuni prezident tegishli qarorni imzoladi.