O‘zbekistonda 2022 yilda yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi joriy narxlarda 888,34 trln so‘mga yetdi, deb xabar berdi prezident huzuridagi Statistika agentligi.

2021 yil darajasiga nisbatan real o‘sish sur’ati 5,7 foizni tashkil etdi. YAIMda sanoat mahsulotlarining ulushi 484,7 trln so‘mga (+5,2 foiz), xizmatlar ko‘rsatish — 343,3 trln so‘mga (+8,5 foiz), mahsulotlarga sof soliqlar — 60,3 trln so‘mgacha oshdi.

статистика agentligi, яим, яим аҳоли jon boshiga, яим o‘sishи

Savdo, turar joy va oziq-ovqat xizmatlari sohasi 9,3 foizga, transport, axborotlashtirish va aloqa sohasi 14,7 foizga o‘sdi. Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida (3,6%) nisbatan past o‘sish sur’atlari kuzatildi.

O‘rtacha kurs bo‘yicha AQSh dollarida hisoblanganda nominal YAIM 80,38 mlrd dollarni tashkil etdi, bu 2021 yilga nisbatan 11,18 mlrd dollarga ko‘p.

Aholi jon boshiga YAIM real ko‘rinishda 3,5 foizga — 21,15 mln so‘mdan 24,91 mln so‘mga (2254,9 dollar) o‘sdi. Taqqoslash uchun, 2021 yilda 5,3 foizga, 2020 yilda pandemiya yilida esa 0,1 foizga o‘sish qayd etilgan.

2021 yil yozida prezident Shavkat Mirziyoyev 2026 yilga borib O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish sur’atlarini 1,5 barobarga oshirish va YAIM hajmini kamida 100 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirayotganini ta’kidlagan edi.