Shavkat Mirziyoyev energetika va kommunal tizimlarda yuzaga kelgan ahvolni inobatga olib, Singapurga tashrif davomiyligi 3 kundan 1 kunga qisqartirilishini ma’lum qildi. Bu haqda uning matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Keltirilishicha, Singapurning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi qimmatli tajribasini o‘rganish lozim.

«Qolaversa, ushbu davlatdan 4,7 mlrd dollargacha qo‘shimcha investitsiya jalb qilish rejalashtirilgani uchun ham bu tashrif muhim ahamiyatga ega», — deyiladi xabarda.

Xususan, samarasiz ishlayotgan davlat korxonalarini xususiylashtirishga ham investitsiyalar jalb qilinadi. Shavkat Mirziyoyevning Singapurga tashrifi 16−18 yanvar kunlariga mo‘ljallangan edi. Prezident ushbu mamlakat prezidenti va bosh vaziri bilan muzokara olib boradi.