Buxoro viloyatidagi barcha umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlari 16 yanvardan boshlanadi, deb xabar bermoqda hokimligi matbuot xizmati.

Viloyatda darslar 11 yanvar kunidan an’anaviy tarzda boshlab yuborilgan edi. Biroq sovuq ob-havo sharoitida ko‘pchilik ota-onalarning murojaatlarini inobatga olib, barcha ta’lim muassasalarida o‘qish 16 yanvar kunidan boshlanishi belgilandi.

Shuningdek, maktabgacha ta’lim maskanlari ham o‘z ishini 16 yanvar kunidan boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, 5 yanvar kuni O‘zbekistondagi barcha ta’lim muassasalarida sovuq tufayli qishki ta’til 17 yanvarga qadar uzaytirilgandi. Biroq Vazirlar Mahkamasi bayoniga asosan hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda hokimliklarga ta’lim tashkilotlarida qishki ta’til davrini uzaytirish yoki uzaytirmaslik vakolati berildi.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Shu munosabat bilan darslar viloyatlarda turlicha — 11, 12, 13, 16 hamda 18 yanvardan boshlanishi ma’lum qilindi.