Toshkent hayvonot bog‘i anomal sovuq kunlarida jonivorlar uchun qanday sharoit hozirlangani haqida ma’lumot berdi.

Hayvonlarning toza havoda yurishi, yog‘ingarchilik bo‘lsa, yopiq xonada sayr qilishi uchun korpusning tashqi va ichki qismlari orasidagi kirish joyi doimo ochiq. Ba’zi jonivorlar volerlariga somondan tayyorlangan tabiiy isituvchi sholchalar qo‘yildi. Xususan, «Terrarium», «Yirtqichlar» va «Primatlar» bo‘limlarida yerosti isitish tizimi mavjud.

«Akvarium» bo‘limida sovuq havoda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan elektr uzilishlari vaqtida generatorlar ishga tushadi. Bularning barchasi ularni doimiy 24/7 rejimida kislorod bilan ta’minlash uchun amalga oshiriladi.

anomal sovuq, тошкент зоопарк

anomal sovuq, тошкент зоопарк

anomal sovuq, тошкент зоопарк

Qolaversa, jonivorlar saqlanadigan xonadagi umumiy harorat markaziy isitish tizimi orqali ta’minlanadi, kechayu kunduz videokuzatuv va xodimlarning navbatchiligi jonivorlarning o‘zini qanday his qilayotganidan doimo xabardor bo‘lish imkonini beradi.

«Issiq choy bilan isinib, bizning postlarimizni o‘qing va imkoni bo‘lsa, bog‘imizga tashrif buyuring», — deyiladi hayvonot bog‘i matbuot xizmati habarida.

anomal sovuq, тошкент зоопарк

anomal sovuq, тошкент зоопарк