Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi xonadonlarda qulay haroratni saqlagan holda isitish xarajatlarini qanday tejash mumkinligi bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Isitish radiatorlarida kiyimlarni quritmaslik. Bu radiatorlar ishlab chiqaradigan issiqlik miqdorini kamaytiradi.

Mebelni radiatorlardan uzoqroq joylash. Yumshoq mebeldagi serkovak (penoplast) juda kuchli issiqlik izolyatori bo‘lib, xona isishiga to‘sqinlik qiladi.

Quyosh chiqqanda pardalarni ochish va D vitaminini xonaga kiritish. Quyosh nuri uyni tabiiy ravishda isitishi mumkin.

Issiq suv uchun issiqlik izolyatsiyalangan suv saqlash tanklaridan foydalanish. Bunday qurilmalarda isitilgan suv uzoq vaqt sovimaydi va uni tez -tez isitishga hojat tug‘ilmaydi.

Isitish jarayonini avtomatlashtirish. Zamonaviy gaz isitish tizimlarida yonilg‘i ta’minotini tartibga soluvchi qurilmalar — qozon (tank) avtomatizatsiyasi bo‘lishi shart. Bunday tizim uyning tashqarisida va ichidagi havo harorati sensorlarini o‘z ichiga oladi. Tashqi harorat o‘zgarganda, bu qurilmalar tartibga solish tizimiga signal yuboradi va isitish qozonidagi gaz oqimi oshadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qishloq xo‘jaligi vazirligi 10−15 yanvar kunlari kuzatiladigan anomal sovuqda chorva mollari va xo‘jalik ekinlarini qanday asrash bo‘yicha tavsiyalar bergandi. Xususan, ekin maydonlari ustini plyonka qoplamalari bilan qoplash kerakligi keltirib o‘tilgan.