Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegarani kesib o‘tishda pasport nazoratini osonlashtirishga kelishib oldi, deya xabar bermoqda «24.kg».

Jogorku Keneshining Xalqaro ishlar, mudofaa, xavfsizlik va migratsiya qo‘mitasi yig‘ilishida tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aybek Ortiqboyevning so‘zlariga ko‘ra, endilikda ikki davlat fuqarolari ID-kartani ko‘rsatish orqali chegaradan o‘tishi mumkin.

«16 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar chegarani kesib o‘tishda pasport ko‘rsatadi. Tegishli bayonnoma O‘zbekiston prezidentining 9 dekabr kuni Qirg‘izistonga davlat tashrifi chog‘ida imzolanadi», — dedi vazir o‘rinbosari.

Shuningdek, qo‘mita O‘zbekiston bilan kelishuvni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.