Ijtimoiy tarmoqlarda Afrosiyob poyezdi nimanidir yoki kimnidir urib ketgani taxmin qilingan xabarlar tarqaldi. Transport prokuraturasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, 2022 yil 11 noyabr kuni soat 05:31 da Buxoro — Samarqand — Toshkent yo‘nalishidagi 765-sonli yuqori tezlikda harakatlanuvchi Afrosiyob tezyurar yo‘lovchi poyezdi Zirabuloq — Kattaqo‘rg‘on temir yo‘l bekatlari oralig‘ining 3816 kmda temir yo‘l izida qarovsiz yurgan 18 bosh qo‘yni urib yuborgan.

Holat bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilib, qo‘ylarni egasi hamda yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda. Shuningdek, Samarqand viloyati Transportda XTB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlangan.