Toshkentda «Yangi nafas» yugurish sport tadbirlari o‘tkazilishi sabab ayrim ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi, deya xabar qildi shahar IIBB.

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 27 oktabrdagi 43-son bayoniga muvofiq, «Davlat bayrog‘i kuni» munosabati bilan 13 noyabr kuni Toshkent shahrining 3 ta hududida (Yangi O‘zbekiston bog‘i, «Humo» arena, Ashxobod bog‘i) «Yangi nafas» yugurish sport tadbirlari o‘tkaziladi. Shu sabab Toshkent shaxrining kuyidagi kuchalarida avtotransport vositalarining xarakatlari vaktincha cheklanadi:

2022 yil 12 noyabr kuni soat 18:00 dan:

  • Afrosiyob ko‘chasi — Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;


2022 yil 13 noyabr kuni soat 07:00 dan 12:00 gacha:

  • Afrosiyob ko‘chasi — Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Sharof Rashidov shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
  • Sharof Rashidov shohko‘chasi — Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
  • Islom Karimov shohko‘chasi — Sharof Rashidov shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;

soat 6:00 dan 12:00 gacha:

  • Yangi O‘zbekiston ko‘chasining bir qismi (Toshkent shahriga kirish qismi), shuningdek, soat 8:30 dan 11:00 gacha Toshkent viloyati tomoniga birinchi qayrilish joyidan Yangi O‘zbekiston bog‘ining oldigacha.

Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish maslahat berildi.