Shanba kuni ertalab harbiy omborxonada yuz bergan portlash oqibatida 3700 dan ortiq turar-joy va noturar binolar vayron bo‘lgan Sirdayo viloyatida favqulodda holat oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom etmoqda.

Viloyat hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, yakshanba kuni tushdan keyin Sirdaryo tumanida zarar ko‘rgan turar va noturar joy binolariga 10 ming kvadrat metr oyna va 4,5 mingdan ortiq shifer yetkazilgan.

O‘tgan bir sutka davomida ziyon yetgan binolarning yarmidan ortig‘i to‘liq ta’mirlandi, deyiladi xabarda.

.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Malik qishlog‘idagi harbiy qism hududida joylashgan harbiy shaharchadagi binolar ham portlash paytida zarba to‘lqinidan qisman zarar ko‘rganini ma’lum qildi.

Harbiy xizmatchilar boshqa idoralar va xizmatlar vakillari bilan birgalikda binolarning derazalari, eshiklari, shiftlari va boshqa qismlarini ta’mirlashga, shuningdek, joylarni shisha parchalari va boshqa narsalardan tozalashga jalb qilingan.

Foto

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmat.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.