1-iyun kuni poytaxtdagi Amir Temur xiyoboni atrofida navbatdagi otlar paradi bo‘lib o‘tdi. Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari va poytaxt hokimligi hamkorligida tashkil etildi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Murod Yusuf 100 boshga yaqin zotdor ot ishtirokidagi paradda qatnashib, fotoreportaj tayyorladi.

Milliy gvardiya axborot xizmatining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, paradda tulporlarni ot sporti vakillari, xususan, Milliy gvardiya va ichki ishlar organlarining otliq kavaleriya bo‘linmalari chavandozlari, Yilqichilik va ot sporti federatsiyasining Ot sporti bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari boshqarib bordi.

Milliy gvardiyaga qarashli bir qancha muassasaning orkestr jamoalari “O‘zbekiston” mehmonxonasi va Xalqaro anjumanlar saroyi oldida chiqish qildi. Toshkent aholisi va mehmonlari paradni yo‘l yoqasida kuzatib turdi.

Parad “O‘zbekiston” mehmonxonasi avtoturargohidan boshlandi, chavandozlar Amir Temur xiyobonini ikki marta aylanib o‘tib, “Hyatt” mehmonxonasi avtoturargohida tadbirni yakunladi.

“Milliy gvardiya qo‘mondonligi tomonidan bu kabi otlar paradi tadbirlari mamlakatimizda nishonlanadigan rasmiy bayramlar arafasida Amir Temur xiyoboni bo‘ylab o‘tkazilishi an’anaga aylanib ulgurgan”, — deyiladi axborot xizmati xabarida.

Foto

otlar paradi

otlar paradi

otlar paradi

otlar paradi

otlar paradi

otlar paradi

otlar paradi

otlar paradi

otlar paradi

otlar paradi

otlar paradi

otlar paradi

otlar paradi

otlar paradi

otlar paradi

otlar paradi

otlar paradi

otlar paradi

otlar paradi

otlar paradi

otlar paradi

otlar paradi

otlar paradi

otlar paradi

otlar paradi

otlar paradi

otlar paradi

otlar paradi

otlar paradi

otlar paradi

otlar paradi

otlar paradi

otlar paradi

otlar paradi

otlar paradiotlar paradi