14 sentabr kuni Toshkentda «Ipak yo‘li durdonasi» XIV Toshkent xalqaro kinofestivali o‘tkaziladi. Poytaxt hokimligining ma’lum qilishicha, kinofestival munosabati bilan quyidagi ko‘chalar yopiladi:

  • Chilonzor ko‘chasi — Novza va Katta Chilonzor ko‘chalari oralig‘ida soat 10:00 dan 17:00 gacha qisman yopiladi;
  • Alisher Navoiy shohko‘chasi — Labzak va Abay ko‘chalari oralig‘ida soat 17:00 dan 20:00 gacha qisman yopiladi;
  • Paxtakor ko‘chasi — Navoiy shohko‘chasi va «Paxtakor» stadioni oralig‘ida soat 14:00 dan 23:00 gacha to‘liq yopiladi.


Hokimlik haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilib, noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.