Rossiya markaziy banki Moliya vazirligi bilan birgalikda hukumatdagi strategik majlisda moliya bozorini rivojlantirish chora-tadbirlarini taqdim etdi, unda xorijiy banklarga Rossiya filiallarini ochishga ruxsat berish taklifi kiritilgan. Bu haqda regulyator va vazirlik qo‘shma taqdimoti hujjatiga tayanib, «Vedomosti» nashri xabar bermoqda.

Tashabbus bilan faqat hamdo‘stlik mamlakatlarining kredit tashkilotlari Rossiyada o‘z filiallarini ochishlari mumkin.

Bundan tashqari, xabarda prezident Vladimir Putinning ko‘rsatmalari va joriy geosiyosiy vaziyatni hisobga olgan holda 2030 yilgacha Rossiya moliya bozorini rivojlantirish strategiyasi yangilanishi qayd etilgan.

Bosh vazir Mishustinning so‘zlariga ko‘ra, iqtisodiyotni zarur moliyaviy resurslar bilan ta’minlaydigan, korxonalar va tarmoqlar uzluksizligini ta’minlaydigan samarali mexanizmlarni shakllantirish zarur.

«Hukumat 1 dekabrdan kechiktirmagan holda yangilangan hujjat loyihasini taqdim etilishi kutilmoqda», — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Ma’lumot uchun, 2013 yilning mart oyida Rossiya prezidenti tomonidan mamlakatda xorijiy banklarning filiallarini ochishi taqiqlashni nazarda tutuvchi federal qonun imzolangan edi.

Spot nashrida keltirilishicha, umuman olganda filiallar faqat jismoniy va yuridik shaxslar uchun bank hisoblarini ochadi va yuritadi. Ular, ehtimol, o‘z mablag‘larini depozitlarga jalb qila olmaydi, inkassatsiya bilan shug‘ullana olmaydi. Shuningdek, Moskva birjasidan tashqari valyutani sotib olish va sotishni taklif qila olmaydi.