Qashqadaryoda piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan voyaga yetmagan bolani Lacetti urib ketdi, deya xabar qilmoqda viloyat IIB.

Qayd etilishicha, 2022 yil 11 sentabr kuni soat taxminan 14:01 larda 4R-79 davlat ahamiyatdagi «Qarshi shahri-Chim-Chiroqchi-Shahrisabz» avtomobil yo‘lining 3 kmda Qarshi tuman Kerayt qishlog‘ida yashovchi fuqaro X.F. boshqaruvidagi Lacetti avtomobili bilan «Shahrisabz-Qarshi» yo‘nalishida harakatlanib borib, yo‘lni piyodalar o‘tish uchun mo‘ljallangan qismidan o‘tayotgan voyaga yetmagan Y.A.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.

Oqibatda voyaga yetmagan Y.A. og‘ir tan jarohati olib vafot etgan.

Holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB 3-sonli IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.