AKFA Medline klinikasi O‘zbekiston mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan tug‘ma yurak nuqsoni bor bolalar uchun 31 ta bepul kardiojarrohlik amaliyoti o‘tkazadi.

Mamlakatda ko‘p farzandli, boquvchisini yo‘qotgan 80 mingdan ortiq oilalar bor. Ularning aksariyat qismi murakkab jarrohlik amaliyotiga muhtoj. Homiylar tufayli AKFA Medline klinikasi ushbu yilda 100 nafar bolalarning yuragining sog‘lom urishiga sababchi bo‘ldi.

Mustaqillik bayrami munosabati bilan har yili o‘tkaziladigan «Sen yashaysan» aksiyasini davom ettiramiz va yana 31 nafar bolalarga bepul jarrohlik amaliyotini ko‘rsatamiz. Aksiyaning barcha bosqichlarida yetakchi kardiojarrohlar ko‘rigi va yurak ultratovush tekshiruvi (EXO) bepul o‘tkaziladi, jarrohlik amaliyoti esa homiylar hisobidan amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avval tanlovda qatnashgan, lekin saralashdan o‘tmagan oilalar avtomatik tarzda ushbu aksiya ishtirokchisiga aylanadi.

Quyidagi raqamlar orqali bog‘lanib saralash jarayonida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘ting: 1141 yoki 998 71 2033003

AKFA Medline ijtimoiy tarmoqlarda:

Facebook: https://www.facebook.com/akfamedline/

Instagram: https://www.instagram.com/akfamedline/

Telegram: https://t.me/akfamedline_uz

Ok.ru: https://ok.ru/akfamedline

YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCsblCU7BHHNuLWDXmBG1F0A

Reklama huquqlari asosida.