Asosiy stavka yiliga 15% darajada o‘zgarishsiz qoladi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki Boshqaruvining navbatdagi yig‘ilishida qaror qabul qilindi, deb xabar berdi uning matbuot xizmati.

Tafsilotlar tez orada e’lon qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, asosiy stavka 15% etib iyul oyida belgilangandi, 9 iyun kuni 1 foiz bandga pasayib, yillik 16 foiz darajasida belgilagandi. Mart oyida esa 2018 yildan beri birinchi marta 3 foizga — 14 foizdan 17 foizgacha ko‘tarilgandi.