Barcha davlat oliy ta’lim muassasalarida tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari 10 foizga kamaytirildi, deya xabar bermoqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.

Bu haqda davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasi qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, faqat 2022/2023 o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt summasi kamaytiriladigan bo‘ldi.

Quyidagi jadval orqali yo‘nalishlar kesimidagi tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari bilan tanishish mumkin.