Vazirlar Mahkamasining 15 avgustda [446-son] «Davlat ishtirokidagi yirik korxonalar aksiyalarini fond bozorida birlamchi va ikkilamchi ommaviy joylashtirish to‘g‘risida»gi qarori tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, IPO va SPO o‘tkazish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» tasdiqlanib, uning muddati va amalga oshirish mexanizmlari qat’iy belgilab berildi.

Quyida keltirilgan jadvaldagi ayrim korxonalarning IPO o‘tkazishi Prezidentning alohida farmoni bilan tasdiqlangan.

Ma’lumot uchun, IPO (Initial Public Offering), bu — kompaniya aksiyalarining birlamchi bozorga chiqarilishidir. Ya’ni aksiyalar keng ommaga taklif etiladi.

№ t.rKorxona nomi IPO (SPO) o‘tkazish muddatiAmalga oshirish mexanizmi
1«Qishloq qurilish bank»
2022 yilning avgust-oktabr oyida

2«O‘zmetkombinat»
2022 yilning IV choragi yoki 2023 yilning I choragi

3UzAuto Motors
2022 yilning IV choragi yoki 2023 yilning I choragi
2022 yilning avgustida boshlash rejalashtirilgan
4«Agrobank»
2023 yilning I yoki II choragi

5«O‘zbekneftegaz»
2023 yilning fevral-mart oyida
2022 yil oxiriga qadar
6«Aloqabank»
2023 yilning birinchi yarmida

7«Mikrokreditbank»
2023 yilning iyunida
8Universal Sug’urta
2023 yilning iyunida

9Alskom
2023 yilning iyunida (SPO)

10«O‘ztemiryo‘lkonteyner»
2023 yilning iyunida
IPO/SPO moliyaviy konsultant maslahatiga ko‘ra
11«Xalq banki»2023 yilning II choragi

12«O‘zbekinvest»
2023 yilning II yoki III choragi
13«O‘zbekgeofizika»
2023 yilning II yoki III choragi

14«O‘zmilliybank»2023 yilning iyulida

15«O‘zagrosug‘urta»
2023 yilning III yoki IV choragida (SPO)

16«O‘zbekiston pochtasi»
2023 yilning martida
Moliyaviy konsultant maslahatiga ko‘ra
17«O‘zavtosanoat»
2023 yilning martida
VMning roziligi olingandan so‘ng
18«Qurilishmashlizing»
2023 yilning aprelida
Konsultantlar maslahatiga ko‘ra
19«O‘ztransgaz»
2023 yilning II choragida
Kredit reytingi olingandan so‘ng
20Uzbekistan Airways
2023 yilning iyulida
Anderrayter kelishuviga asosan
21«Dori-Darmon»
SPO bo‘yicha VM tomonidan taklif qabul qilingandan so‘ng

Avvalroq, «Toshkent» Respublika fond birjasiga Gruziya fuqarosi Giorgiy Paresishvilini boshqaruv raisi lavozimiga tayinlanganlini haqida xabar berilgan edi.

Uning asosiy vazifalari mahalliy fond bozorini kapital bozorining xalqaro infratuzilmasiga integratsiyalashuvi, shuningdek, mahalliy aksiyadorlik jamiyatlariga IPO va SPO o‘tkazishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ladi.