Toshkentdagi Navoiy shoh ko‘chasining Abay ko‘chasi bilan kesishmasidan Furqat ko‘chasigacha (Xadra maydoni) bo‘lgan qismi yopiladi 14 avgust kuni soat 20:00 dan boshlab transport harakati uchun yopildi.

Poytaxt hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, ko‘cha olib borilayotgan yo‘l qurilishi ishlari sababli yopildi. Ishlarning tugash sanasi noma’lum.

«Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishlarini va noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz», — deyiladi xabarda.