O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 iyul kuni «Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holatning amal qilishini tugatish to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

Hujjat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining favqulodda holatning amal qilishini muddatidan avval tugatish to‘g‘risidagi murojaatini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida jamoat tartibi tiklanganligini va ko‘rilgan choralar natijasida fuqarolarning xavfsizligi, ularning huquq va erkinliklari himoyasi ta’minlanganligini inobatga olib qabul qilindi.

Favqulodda holat 21 iyul kuni soat 05:00 dan boshlab muddatidan avval tugatiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2 iyul kuni prezident farmoni bilan Qoraqalpog‘istonda 2 avgust kuni soat 00:00 ga qadar bo‘lgan davrda favqulodda holat joriy etilgan, so‘ngra 13 iyulda Respublikadagi vaziyat barqarorlashgani tufayli favqulodda holat rejimini yumshatilgan edi.

Dushanba, 20 iyulda Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi O‘zbekiston prezidentiga murojaat yo‘llab, favqulodda holatni yumshatishni so‘radi.