Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri lavozimiga Baxiyeva Gulzira Aminovna tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi matbuot xizmati xabar berdi.

Gulzira Baxiyeva ushbu lavozimda 2017 yilning noyabridan boshlab ishlab kelayotgan Usnatdinova Jumagүl Sharapovnaning o‘rnini egalladi.

Gulzira Baxiyeva shu kunga qadar Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashining Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kotibiyat boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.