Narimbetov Axmed Karamatdinovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi matbuot xizmati xabar berdi.

Axmed Narimbetov 14 iyun kuni soha vakillariga tanishtirildi. Unda O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov, Jo‘qorg‘i Kenges raisining o‘rinbosari Atabek Davletov va Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari Abatbay Daniyarovlar qatnashdi.

Shu kunga qadar Narimbetov Axmed Karamatdinovich Respublika 6-sonli skolioz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining direktori lavozimida faoliyat yuritgan.