3−5 iyun kunlari Rim shahrida bo‘lib o‘tgan Gran-pri turkumiga kiruvchi turnirda O‘zbekistonlik sportchi Shuhrat Salayev bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

-80 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Shuhrat Salayev Iordaniya, Xorvatiya va Ispaniya vakillarini mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga yo‘l oldi. U final yo‘lida Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori misrlik Seyf Eyssa bilan tatamiga chiqib, mag‘lub bo‘ldi.

Shu tariqa, Shuhrat Salayev bronza medalini qo‘lga kiritdi. MOQning ma’lum qilishicha, bu o‘zbekistonlik taekvondochi uchun Gran-pri tasnifidagi musobaqalarda qo‘lga kiritilgan birinchi medaldir.

Bronza medali uchun sportchi 22 ta qimmatli reyting ochkosiga ega bo‘ldi.