Buxoro shahri 2022-yil «Turkiy dunyoning yoshlar poytaxti» deb e’lon qilindi. Bu haqda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.

Bu to‘g‘risidagi qaror turkiy davlatlar tashkilotining IV Yosh liderlar forumi doirasida qabul qilindi.

Forumning birinchi ish kunida Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Bag‘dod Amreyev, Baykar Technology texnologik direktori Seljuk Bayraktar, Turkiya yoshlar va sport vaziri Xalis Yunus Ersyoz, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov ishtirok etgan.

Marosim so‘nggida 2022 yil davomida Buxoro shahrida amalga oshirish rejalashtirilgan harakatlar rejasi ham imzolandi.


Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlat tashkilotining VIII sammitida 2022 yilni turkiy dunyoda «Yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yili» deb nomlashni taklif qilgandi.