O‘zbekiston Markaziy banki Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmatiga ko‘plab fuqarolardan tijorat banklari tomonidan ularning kredit so‘rovlari tushunarsiz sababga ko‘ra rad etilayotgani bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan javob berdi.
Murojaatchilarning izohlashicha, banklar ularga «Markaziy bankning qarz oluvchilar bo‘yicha «qora ro‘yxat"iga («chyornыy spisok») kirgani va bunday ro‘yxatga tushganlarga kredit berilmasligini» vaj qilib ko‘rsatishmoqda.
Markaziy bankning qayd etishicha, bank tizimida «qora ro‘yxat» tushunchasi, umuman, kredit ajratilishi taqiqlangan fuqarolar bo‘yicha tuzilgan «maxsus ro‘yxat» yoki ma’lumotlar bazasi mavjud emas.
«Qora ro‘yxat» tushunchasi yetarli bilim va malakaga ega bo‘lmagan ayrim bank xodimlari tomonidan kredit arizasini ko‘rib chiqish jarayonida ilgari olingan yoki joriy krediti bo‘yicha to‘lovlarni kredit shartnomasida belgilangan muddatlardan kechiktirib to‘lagan fuqarolarga «qora ro‘yxatga tushib qolgansiz» deb izoh berishi (tushuntirishi) oqibatida vujudga kelmoqda, deyiladi xabarda.
«Ushbu holat aslida fuqaroning „kredit tarixi“ ma’lumotlari bilan bog‘liq bo‘lib, hozirgi kunda undan barcha kredit beruvchi tashkilotlar fuqaroga kredit berishdan oldin ushbu ma’lumotlardan foydalanishmoqda», — deya ma’lum qildi regulyator.
«Kredit tarixi» nima va uning qanday ahamiyati bor?
Fuqarolarning kredit bitimlari, ularning ijro etilishi holati, jumladan, ilgari qaysi kredit tashkilotlaridan qancha miqdorda kredit olgani, kredit to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lagani, boshqa kreditlar uchun berilgan amaldagi kafilliklar hamda joriy kredit qarzdorliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmui «kredit tarixi» deb ataladi.
Umrida bir marta bo‘lsa ham banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, lizing kompaniyalari, maishiy texnika do‘konlari, mebel do‘konlari va boshqalarning kredit xizmatlaridan foydalangan har qanday shaxs kredit tarixiga ega bo‘ladi.
«Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, kredit tarixi qarzdorning majburiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi va besh yil mobaynida saqlanishi shart.
Kredit tashkilotlari «kredit tarixi» ma’lumotlari asosida potensial qarz oluvchining kreditga layoqatliligini baholaydi, ya’ni qarz oluvchi olayotgan krediti bo‘yicha majburiyatlarini kelgusida lozim darajada bajara olish imkoniyati, ilgari olgan kreditlari bo‘yicha majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarganligi, boshqa kredit tashkilotlaridan hozirgi qarzdorligi miqdori kabi ma’lumotlarni o‘rganib chiqqan holda fuqaroning kredit to‘lovlarini to‘lash borasida qay darajada intizomli va mas’uliyatli ekanligi to‘g‘risida xulosa chiqaradi.
Har bir kredit tashkiloti o‘zining kreditlash tartibi talablari va kreditning qaytmaslik riskini baholash mezonlaridan kelib chiqib, potensial qarz oluvchining kredit tarixi ma’lumotlari, daromadi hamda taklif etilayotgan kredit ta’minotini tahlil qiladi va yakunda kredit ajratish yoki ajratmaslik yuzasidan mustaqil qaror qabul qiladi. O‘z navbatida, mazkur qarorlar turli kredit tashkilotlarida turlicha bo‘lishi mumkin.
Markaziy bankning Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati fuqarolarni «kredit tarixi» hisobotida muddati o‘tgan qarzdorlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar paydo bo‘lishining oldini olish uchun kredit va boshqa moliyaviy majburiyatlari bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lab borishga chaqirdi.
MB qarz bo‘yicha majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarishda ma’suliyatsizlikka yo‘l qo‘yish, ya’ni kredit to‘lovlarini belgilangan muddatlardan kechiktirib to‘lash hozircha arzimas bo‘lib tuyilsa ham, kelgusida kredit tashkilotlaridan qarz olish imkoniyatini pasayishiga sabab bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Markaziy bank aprel oyi oxirida shartnoma shartlarini o‘qimay turib, kredit olish bo‘yicha kafil bo‘lgan fuqarolardan qarzdor kreditni qaytarmaganida banklar kafillarning kartochkalaridan qarzlarni undirayotgani haqidagi murojaatlar kelib tushayotganini ma’lum qilgan edi. Markaziy bank kredit tarixini yomonlashtirishi mumkin bo‘lgan bunday bitimlarning risklari haqida ogohlantirgan va shartnomalar shartlarini o‘rganishni tavsiya qilgandi.
༻
Assalomu aleykum kredit tarixi degan narsani umuman noto'g'ri qo'llanilayapti sababi bankda kreditni o'z vaqtida to'lash uchun yetarli sharoit yaratib berilmagan vaqt topib bankga kreditni to'layman deysiz lekin bankda ochirat vaqtingiz yo'qligidan ketasiz keyin bankni hodimi uyingizga keladi kreditni to'lang deb krediti to'lash pulini bank hodimga beramiz bank hodimi ham vaqtida to'lov qilmaydi yoki ishdan ketib qolib pulingizni yeb ketadi unday hollatlar Boysun tumaniga ko'p bo'lgam xalq banki xodimining biri fuqarolarni omonotga qo'ygan pullarini yeb ketgan lekin shu hodim ishlab yuribti. Kredit tarixim yaxshi b 1 mendagi ha desam kredit tarixingiz buzilgan deydi lekin mening kredit tarixim buzulishiga sabab bank xodimiga kreditimni to'lash uchun qo'liga pul berganman lekin u pulni kechiktirib to'lagan bank hodimi ungacha foiz tug'gan pulni mening habarim bo'lmagan kredit olmoqchi bo'lgan vaqtim bilib qolganman to'g'ri ataylab bankdan kredit olib to'lamasdan yurganlar ko'p bu kredit tarixini qaytadan ko'rib chiqish kerak davlat ishiga ishlaydiganlarni deyarli 80 % kredit olib ishlarini muamolarini hal qiladi chunki oylikdan ortirib bir narsa qilish qiyin masala keyin yana kredit to'lov muddati oylik olishimizdan oldin to'lov vaqti bo'ladi oylik bilan kun ko'rayapmiz qayerdan oylik olmasdan o'z vaqtida to'laylik bu isiq jon har qanday xollatlar bo'lib qoladi olgan kreditimizni o'z vaqtida to'lashga sharoit bo'lmay qolishi mumkin kreditni to'lov muddatiga emas kreditni belgilangan muddati o'tib to'lamasdan yurganlarni qora ro'yxatga qo'yish kerak qora ro'yxat bazasini bir yilga tozalab turish kerak sababi oldin kredit olgan fuqaroni odingi sharoitidan hozirgi sharoiti yaxshilangan bo'lishi mumkin prezidentimiz yo'ldan adashib qolganlarni bir martaga kechirayaptilar silar bankdagilar prezidentimizni oldiga kim silar silar ham kechiringlar bir martaga iltimos kredit ololmayapman 2 yildan buyon kredit tariximi yaxshi kechiktirilgan to'lovlarni bankda yetarli sharoitlar qilinmagan birinchidan bank hodimlar uyga kelib olib ketayotgan pullarni o'z vaqtida to'lamayaptilar o'sha vaqt penya tug'ayapti keyin penya osilib qolayapti iltimos yuqori turuvchi tashkilotlar qaytadan ko'rib chiqingizlar bu tizimni
Nigora Suyarova
Банкда 26фоиз йиллик дийдида хисобласам 50, 55фоиз булади йош бола яхши алдагани