Prezident Shavkat Mirziyoyev Amir Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani aholisi bilan uchrashuvda Amir Temur siymosi haqidagi mulohazalarini o‘rtoqlashdi. Bu haqda «Mikrofon ko‘targan ayol» Telegram-kanalida ma’lum qilindi.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, Sohibqironning janglarda g‘olib bo‘lish merosi o‘rganilmagan, noma’lum.

«Kecha 2 soat kitob o‘qishga vaqtim bo‘ldi. Kabinetimga hech kim kirmagan paytda Amir Temurning To‘xtamishxon bilan jang qilganda qanday g‘olib bo‘lganini o‘qidim. Sohibqironning janglarda g‘olib bo‘lish merosi o‘rganilmagan, bizga noma’lum. Amir Temur har bir jangda 7 yo‘nalishda o‘z usullari bilan kurashgan. Jasorati, o‘z askarlarini mardonavor tarbiyalashi bilan birga, janglarni ham o‘zi boshqargan. O‘zim uchun ham bu yangilik bo‘ldi. Bizga bularni o‘rgatmagan, boshqa davlatlar tarixini o‘qidik» — deya ta’kidladi davlat rahbari.

Prezident Sohibqironning jangovar merosini chuqur o‘rganish bo‘yicha topshiriq berganini ma’lum qildi.