1 maydan kuchga kiruvchi yangilangan O‘zbekiston Yo‘l harakati qoidalarida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan avtomobil yo‘l qismiga ruxsatsiz, o‘zboshimchalik bilan sun’iy to‘siqlar o‘rnatish taqiqlandi (4-band).

Sun’iy to‘siqlar deganda harakat tezligini kamaytirishga majburlash uchun qatnov qismida maxsus tashkil etilgan balandliklar tushuniladi. 2019 yilda «sun’iy notekisliklar» o‘rnatish bo‘yicha davlat standarti qabul qilingani haqida xabar berilgan edi. Ular «Umumiy texnik talablar. Qo‘llash tartibi» Rossiya GOST asosida ishlab chiqilgan.

2018−2022 yillarda mamlakatda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash konsepsiyasida tartibga solinmagan, jumladan, bolalar bog‘chalari va ta’lim muassasalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tutashgan piyodalar o‘tish joylarini modernizatsiya qilish, yoritish, sun’iy yo‘l chetlari, svetoforlar va videokameralar bilan jihozlash ko‘zda tutilgan.

Sun’iy to‘siqlarni ruxsatsiz o‘rnatish ko‘pincha (beton, asfalt yoki plastmassadan yasalgan tezlikni pasaytirish maqsadida foydalaniladi) turar-joylarda, ayniqsa maktablar va bolalar bog‘chalari yaqinida keng tarqalgan. Sababi mas’ul tuzilmalar bunga yetarlicha e’tibor berayotgani yo‘q, mamlakatda piyodalar, ayniqsa, bolalarni mashina urib yuborish xavfi bo‘lgan joylarda bunday to‘siqlarni majburiy o‘rnatish bo‘yicha qat’iy belgilangan me’yor va qoidalar mavjud emas. Bunday sharoitda fuqarolar, korxona va tashkilotlar inson hayotini muhofaza qilish choralarini o‘zlari ko‘rishga majbur bo‘ladi.

Shuningdek, aynan 4-bandda yuridik va jismoniy shaxslarga ruxsatsiz nafaqat yo‘l qoplamasiga shikast yetkazish yoki ifloslantirish, balki uni o‘zgartirish ham taqiqlandi.

Sun’iy to‘siqlar va boshqa yo‘l harakatini sekinlashtiruvchi choralardan foydalanish (masalan, yo‘lning egri chizig‘i) Vision Zero («avtomobil yo‘llarida o‘lim uchun «nol bardoshlik») strategiyasining asosiy tamoyillaridan biri bo‘lib, uning rejalari fevral oyida e’lon qilingandi.

Avvalroq yangilangan yo‘l qoidalarida aholi punktlarida ruxsat etilgan maksimal tezlikni — 70 km/soatdan kamaytirmagani haqida yozgan edik. Respublika komissiyasi uni yirik shaharlarning ma’lum joylarida 60 km/soatgacha kamaytirishi mumkin. Maktablar va bolalar bog‘chalarida tezlik 30 km/soat, aholi turar joylarida 20 km/soatni tashkil etdi.