UZDIGITAL TV kompaniyasi 2009-yildan beri jismoniy va yuridik shaxslarga raqamli televideniye xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda. Yildan yilga abonentlar soni ortib, xizmatlar ko‘lami kengaymoqda, kompaniya esa tez rivojlanmoqda. O‘zbekiston bo‘ylab kompaniya ofislarining soni ham ortib boryapti. Bugunki kunda ofislar Toshkentda, Farg‘onada, Andijonda, Namanganda, Samarqandda, Navoiyda, Buxoroda, Qarshida, Urganchda, Nukusda, Jizzaxda, Termizda va Gulistonda mavjud. Yaqinda Angren shahrida ham UZDIGITAL TV`ning ofisi o‘z faoliyatini boshladi. Shuningdek, hozirda Nurafshon va Bo‘stonliq tumanlarida ham yaqinda ofislarini ochish uchun kompaniya barcha harakatlarni olib bormoqda.


Bugungi kunda UZDIGITAL TV yuqori sifatli tasvir va ovoz hamda barqaror signallarni uzata olish borasida eng yetakchi kompaniyalarning biri va raqamli televideniyening kelajagi hisoblanadi. Xizmatlar ko‘rsatuvlarning elektron dasturi, turli xil ovozli yo‘lakchalarga ega bir nechta telekanallarni ko‘rish imkoniyati va bolalarni yoshiga mos kelmaydigan kontentdan saqlash uchun «Ota-ona nazorati» kabi funksiyalarni o‘z ichiga oladi.


UZDIGITAL TV — butun O‘zbekiston bo‘ylab xizmat ko‘rsatuvchi tez rivojlanayotgan kompaniya sanaladi. Bundan tashqari, kompaniya o‘z abonentlari uchun barcha qulayliklarni yaratib berish uchun harakatlarni amalga oshirmoqda, shu jumladan rasmiy sayt, Telegram-bot yoki kompaniyaning 24/7 tartibida ishlaydigan call-markaziga qong‘iroq qilib O‘zbekiston bo‘ylab istalgan joydan onlayn tarzda xizmatlarga ulanish va yetkazib berish imkoniyatini taqdim etdi.


Kompaniya tomonidan O‘zbekistonda turizmni yanada rivojlantirish, xorijiy mehmonlarni o‘z uylaridagidek his qilishlari uchun mehmonxonalarda interaktiv televideniye — Hotel TV tizimini joriy etish boyicha keng ko‘lamda ishlar amalga oshirilmoqda.

4 apreldan 1 iyulgacha kompaniya «Qulay imkoniyatlar» aksiyasini o‘tkazmoqda. Aksiya oyiga 40 000 so‘mdan boshlab UZDIGITAL TV`ga ulanish imkoniyatini beradi. Shartlar Telecard uskunasi uchun 36 000 so‘mdan to‘lovni va xizmatlardan 11 oy davomida faol holatda foydalanishni yoki 63 500 so‘mdan tyuner uchun to‘lovni va 11 oy davomida faol holatda xizmatlardan foydalanishni nazarda tutadi. Aksiya faqat jismoniy shaxslar uchun amal qiladi, uskunani esa kompaniyaning istalgan ofisidan olishingiz mumkin.


Uskunalar soni cheklangan.

Kompaniya har doim o‘z foydalanuvchilarini qadrlaydi, xizmatlar sifatini yaxshilashga harakat qiladi va abonentlarni yangi aksiyalar, bonuslar hamda eng sara telekanallardan birilarni qo‘shish orqali xursand qiladi.

Sayt: uzdtv.uz
Telegram: t.me/Uzdtv_uz
Telegram-bot: t.me/uzdtv_bot
Instagram: @uzdigital_tv
Facebook: fb.com/uzdigitaltv

Reklama huquqlari asosida.