30 martdan boshlab «Sharqiy» xab loyihasi doirasida Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Namangan — Olmaota — Namangan yangi xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Parvozlar haftada ikki marta — chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.

Ma’lumot uchun, 1 mart kuni Qozog‘istonning FlyArystan aviakompaniyasi Olmaota — Namangan — Olmaota yo‘nalishida dastlabki parvozni amalga oshirdi. O‘shanda kompaniya yaqin oylarda qatnovlar charter asosida amalga oshirilishi va kelgusida, doimiy to‘liq yuklangan holatda ushbu yo‘nalishda muntazam reyslar yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qilgan edi.