IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati haydovchilarni Toshkent shahrida kuzatilayotgan kuchli shamol oqibatlaridan ogohlantirdi.

«️Barcha haydovchilardan yo‘llarda ehtiyotkor bo‘lishlarini, transport vositalarini daraxt yoki kuchli shamolga chidamsiz joylarda qoldirmasliklarini so‘raymiz», — deyiladi xabarda.

Avvalroq, O‘zgidromet 25 va 26 martda respublikaning ayrim joylarida shamol 18−23 m/s gacha kuchayishi kutilayotgani haqida xabar bergandi.

Qolaversa, shanba kuni O‘zbekistonga yana nam va salqin havoning bir qismi kirib kelishini ma’lum qilingandi. Shu kuni respublikaning shimolidan boshqa barcha hududlarda yomg‘ir yog‘adi. Yakshanba kuni yomg‘ir to‘xtaydi. Dam olish kunlaridagi harorat +15 darajagacha isishi kutilmoqda.