12 mart kuni Turkmanistonda o‘tkazilgan prezident saylovlari natijasiga ko‘ra, Gurbanguli Berdimuhammedovning o‘g‘li Serdar Berdimuhammedov 72,9% ovoz bilan mamlakat prezidenti etib saylandi.

40 yoshli Serdar Berdimuhammedov Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixidagi eng yosh prezident bo‘ldi. Shu paytgacha bu maqom 28 yil oldin Tojikiston prezidenti etib saylangan Emomali Rahmonga tegishli edi. Qayd etish joiz, 1992 yil 20 noyabrda Tojikistonda prezident lavozimi bekor qilinganidan so‘ng, mamlakatni Oliy Kengash raisi etib saylangan Emomali Rahmon boshqargan. Ya’ni, Emomali Rahmon 40 yoshida amaldagi davlat rahbari bo‘lib ishlagan. Biroq prezidentlik maqomiga u 42 yoshida saylangan.

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarligiga saylanganda eng keksa yoshda bo‘lgan prezident hisoblanadi. U 2019 yilda 66 yoshida prezident etib saylangan.

“Gazeta.uz” Markaziy Osiyo prezidentlari lavozimga saylangan vaqtda necha yoshda bo‘lgani va necha yil davomida rahbarlik qilgani haqida ma’lumotlarni to‘pladi.

O‘zbekiston

Tojikiston


Turkmaniston

Qirg‘iziston

Qozog‘iston