Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 9 martdan amal qiluvchi kurslarini e’lon qildi.

  • 1 AQSh dollari 13,16 so‘mga pasaydi va 10 897,27 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 186,67 so‘mga pasaydi va 11 831,17 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 19,21 so‘mga pasaydi va 79,89 so‘mga teng bo‘ldi.

3 martdan amal qiluvchi kurslarga ko‘ra, rublning rasmiy kursi 2017 yildan beri ilk marta 100 so‘mdan pasaygan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda banklar o‘zining valyuta ayirboshlash shoxobchalarida Rossiya rublini almashtirishni boshlagani haqida xabar bergan edik. Shundan so‘ng, 3−4 mart kunlari o‘zbekistonliklar tomonidan banklardan jami 146,7 mln miqdorida Rossiya rubli sotib olindi va 12,8 mln rubl sotildi. Oradagi farq 11 barobardan ortiqroqni tashkil etdi.