Ikki sutka ichida dunyoning asosiy kriptovalyutasi narxi 6500 dollarga ko‘tarildi. 2 mart kuni soat 09:55 holatiga 1 BTC 44 389 dollarni qayd etdi.

Oxirgi marta Bitcoin bu ko‘rsatkichni Ukrainada xarbiy operatsiya boshlanishidan bir hafta oldin, 16 fevral kuni qayd etgan edi. 28 fevral kuni soat 09:59 holatiga 1 BTC 37 812 dollarni tashkil etgan.


Bitcoin bilan birga, boshqa kriptovalyutalar ham o‘sib bormoqda. Misol uchun, Ethereum bir sutkada 3,5%, BNB 4,9% va Terra kriptovalyutalari 6,8% ga o‘sdi.Top-10 kriptovalyutalar ichida faqatgina 3 pog‘onada joylashgan Tether kriptovalyutasi narxida 7 kun ichida biroz pasayish kuzatildi.

Dogecoin ham kun davomida bir oz oshdi (1,41%), lekin shu bilan birga, Ilon Maskning sevimli kriptovalyutasi bo‘lgan Dogecoin o‘z pozitsiyasini yo‘qotishni davom etmoqda: u dunyo kriptovalyutalarining top-20 ligi ro‘yxatida 13-o‘ringa tushib ketdi. 2021 yilning may oyida Dogecoin ushbu reytingning 4-pog‘onasidan joy olgan edi.