28 fevral, dushanba kuni O‘zbekistonning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatidan tashqari barcha hududida 96 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu bir kun oldingi (106 ta) holatga qaraganda 10 taga kam.

Kun davomida 12 nafar fuqaroda (yakshanba kuni 15 kishida) pnevmoniya aniqlandi, deb xabar berdi SSV.

Pandemiya boshidan beri koronavirus bilan kasallanganlarning rasmiy ro‘yxatga olingan soni 236 501 nafarni tashkil etmoqda.

Dushanba kuni eng ko‘p holat Toshkent shahri (49 ta) va viloyati (20 ta), Samarqand va Buxoro viloyatlarida (5 tadan) qayd etildi. Qolgan hududlarda esa 4 tadan kamroqni tashkil etmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatida esa COVID-19`ni yuqtirib olish holatlari kuzatilmadi.

Kasallikdan sog‘ayganlarning umumiy soni 233 096 nafarni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 1 bemor koronavirus asoratlari oqibatida vafot etdi, o‘lim holatlari jami 1636 taga yetdi.