28 fevral kuni Markaziy Osiyo davlatlari va Amerika Qo‘sha Shtatlarining C5+1″ shaklidagi vazirlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar бермоқдаTIV matbuot xizmati.

«Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va AQSh tashqi siyosat idoralari rahbarlari „C5+1“ doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar va mintaqaviy kun tartibi yuzasidan fikr almashdilar», — deyiladi xabarda.

Xususan, iqtisodiyot, xavfsizlik, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan amaliy hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilgan.

O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov o‘z nutqida iqlim va ekologik o‘zgarishlarning oqibatlarini yumshatish, mintaqada «yashil iqtisodiy o‘sish»ni ta’minlash, pandemiyaga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish, o‘zaro savdo, investitsiya va transport aloqalarini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish orqali «C5+1» yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlikni faollashtirish uchun imkoniyatlar mavjudligini ta’kidlagan.

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi o‘z navbatida, 28 fevral kuni AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari bilan telefon orqali muloqot o‘tkazgani haqida xabar bergan.

«Davlat kotibi Blinken Rossiyaning Ukrainaga g‘arazli, sababsiz va oqlab bo‘lmaydigan hujumini keskin qoraladi hamda Ukraina xalqi bilan mustahkam birdamlik izhor etdi», — deyiladi xabarda.

Blinken, shuningdek, AQSh va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi ikki tomonama munosabatlarning 30 yilligini qayd etib o‘tgan. Davlat kotibi AQSh Markaziy Osiyo mamlakatlari suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini qat’iy qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlab, S5+1 formatidagi mintaqaviy hamkorlikning xalqlar uchun ahamiyatini alohida qayd etgan.