Ukraina atrofidagi mojaro eskalatsiyasi fonida jahon bozorlarida shiddat bilan pasayish kuzatilmoqda, deb xabar bermoqda Reuters.

Dushanba, 21 fevral kuni, RF prezidenti o‘zini o‘zi respublika deb e’lon qilgan DXR va LXRni tan olish to‘g‘risida farmonni imzoladi. Xabarda aytilishicha, Rossiya ushbu hududlarga harbiy ko‘makni ko‘rsatishga tayyor. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va jahonning qator yirik siyosatchilari ushbu qarorni keskin qoraladilar.

Vladimir Putinning xalqqa telemurojaati paytida ba’zi bozorlar, xususan, Rossiya bozori hali yopilmagan edi. Shu tariqa, Yaponiyaning Nikkei indeksi ochilgandan beri deyarli 2,2 foizga pastladi, Janubiy Koreyadagi Kospi savdo boshida 1,4 foizni yo‘qotdi. Amerika indekslari uchun fyucherslar Uoll-strit S&P 500da 1,8 foizga, Nasdaq`da 2,5 foizga pasayganini ko‘rsatdi.

Yevropa fond bozorlarida «shtorm» kuchliroq bo‘ldi. Germaniyaning Dax indeksi va Fransiyaning Cac 40 indeksi 3,7 foizdan past bo‘lgan ko‘rsatkchilarda yopildi.

O‘z navbatida, Rossiya fond bozori ham «qora dushanbani» boshdan kechirdi. RTS fond birjasida dollar indeksi savdoni 13,2 foizga, rublli MOEX esa — 10,5% pastlash bilan yakunladi. Natijada Rossiya valyutasi 3,3% yo‘qotdi.

Moskva birjasi indeksi 14,22 foizga pasayib, 2910,49 punktga yetdi, bu esa 2008 yil noyabridan beri eng kuchli kunlik qulashdir.

Tahlilchilar, seshanba kuni AQSh qimmatli qog‘ozlari pasayish bilan ochilganini ta’kidlamoqdalar, chunki bir kun avval amerika indekslari uchun uchta fyuchers oldin olingan daromadlarni o‘chirib, pasayish bilan yopilgan. Bu bozorda yanada ko‘proq yo‘qotishlarga olib keladi.

Shu bilan birga neft bahosi seshanba kuni bir barrel uchun $95dan yuqoriladi. Shunday bo‘lsada, bu o‘tgan haftadagi kotirovkalardan past hisoblanadi, o‘tgan haftada neft bahosi bir barrel uchun $96 bo‘lgan va bu bilan so‘nggi 7 yildagi rekordni yangilagan edi.

Brent markasidagi neft Osiyo bozorida $95,39 sotilmoqda. West Texas Intermediate shartnomasi 3%dan ortiqqa qimmatladi — bir barrel uchun $94 ga yetdi.