21 fevral kuni O‘zbekistonning 11 ta hududida 160 kishida (bir kun oldin 204 nafar) koronavirus infeksiyasi aniqlandi. 34 kishi (38) pnevmoniyaga chalingani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Soqliqni saqlash vaziligi matbuot xizmati xabar berdi.

Eng ko‘p kasallanish Toshkent shahrida kuzatilgan — 77 kishi. Toshkent viloyatida esa 27 nafar fuqaroning koronavirusga qarshi topshirgan testi musbat natijani ko‘rsatgan. Respublikaning qolgan hududlarida kasallik 20 nafardan oshmaydi. Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatida kasallik qayd etilmagan.

Foto: SSV

️Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1621 nafarni tashkil qilmoqda.