Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Yuriy Gagarin ko‘chasini rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi, deb xabar berdi tuman hokimligi matbuot xizmati. Ish rejalar e’lon qilinishi va shaharning boshqa ko‘chalari va maydonlari, shu jumladan Kosmonavtlar maydonini rekonstruksiya qilish ishlari boshlanishi bilan bir vaqtda start oldi.

Foto: Yevgeniy Sklyarevskiy / Facebook.

Yuriy Gagarin haykali o‘rnatilgan maydonda Madaniy meros agentligi huzuridagi ilmiy-ekspert kengashidan ruxsat olinib, ta’mirlash va restavratsiya ishlari olib boriladi. 1962 yilgi yodgorlik madaniy va moddiy meros ob’tktlari ro‘yxatiga kiritilgan.

Foto: Yevgeniy Sklyarevskiy / Facebook.

Chilonzor tumani hokimligi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, beton plitalarni yangilash, yangi daraxtlar ekish va eskilariga shakl berish, Dubaydan keltiriladigan o‘rindiqlar o‘rnatish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, xiyobon bo‘ylab uylarning fasadini yangilash va ochiq balkonlar ko‘zda tutilgan. Xiyobondan do‘konlar olib tashlanadi, egalariga kompensatsiya to‘lanadi yoki boshqa joyga joylashtiriladi.

Foto: Yevgeniy Sklyarevskiy / Facebook.

Chilonzor tumani hokimi o‘rinbosari A. Ahmedov Gagarin maydoniga olib chiqadigan yer osti o‘tish yo‘li ham ta’mirlanib, chiroqlar o‘rnatiladi.

«Chiroyli bo‘lsa bo‘ladiki, yomon bo‘lmaydi», — dedi u. Ishlar 1,5−2 oy davom etishi mumkin. «Xudo xohlasa, Navro‘zga ulgursak, Navro‘zda bo‘ladi yoki uch-to‘rt kun o‘tadi», — deya qo‘shimcha qildi hokim o‘rinbosari.

Tuman ma’muriyatining aniqlik kiritishicha, Gagarin xiyobonidan olingan beton plitalari «Bostirma» mahallasidagi kanalning 770 metrini (kanal uzunligi 1994 metr) betonlashtirishga ishlatiladi.

«Gazeta.uz» avvalroq Kosmonavtlar maydoni, «Marvarid» uyi oldidagi bog‘ va Bobur ko‘chasi rekonstruksiyasi tafsilotlarini yozgan edi.