7 yanvardan buyon O‘zbekistonda kasallanishlar soni ilk bor 300dan pasaydi. Seshanba, 15 fevral kuni mamlakatda 296 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Umumiy kasallanganlar soni 234 359 nafarni tashkil etmoqda.


Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1609 nafarni tashkil qildi. Qolaversa, kecha 52 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Bundan tashqari, kecha 1310 nafar koronavirus bemori sog‘ayib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 220 466 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.