O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rejep Tayyib Erdo‘g‘onga maktub yo‘lladi, deb xabar qildi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.

«Siz, qadrdon inimning va rafiqangiz Emine Xonim Oliyalarining koronavirus kasalligiga chalinganingiz to‘g‘risidagi xabarni chuqur bezovtalik va katta xavotir bilan qabul qildim», — deyiladi xabarda.

Davlat rahbari Turkiya Prezidenti va uning rafiqasi qisqa fursatda virusni muvaffaqiyatli yengib o‘tib, tezda shifo topishlariga ishonch bildirdi, unga mustahkam sog‘lik, kuch-quvvat va yangi zafarlar tiladi, — dedi Sherzod Asadov.