Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari elektr energiyasi ta’minotidagi ommaviy uzilishlar sababli to‘xtab qolgan Chimyondagi osma yo‘ldan 20 nafar, Bildirsoydagi osma yo‘ldan esa 60 kishini evakuatsiya qildi, deb xabar berdi FVV matbuot xizmati.

Shu bilan birga, Amirsoy tog‘-chang‘i kurortida elektr ta’minoti uzilganidan 10 daqiqa o‘tib qayta tiklandi, deya ma’lum qildi oromgoh vakillari. U yerda qutqaruvchilarga ehtiyoj qolmagan.