Bohadir Abduvaliyev Yunusobod tumani hokimi etib tayinlandi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi.

U 2019 yildan beri Toshkent shahar prokurorining o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan edi.

Bohadir Abduvaliyev 1968 yil 27 avgustda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1992 yilda Toshkent davlat universitetini (hozirgi O‘zMU), 1995 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

1992 yildan hozirga qadar huquq-tartibot idoralarida turli lavozimlarda ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning yanvarida mazkur tumanga Bektemir tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan Jahongir Ibrohimov hokim etib tayinlangandi.

Undan oldin esa 2018 yilning oktabr oyidan Rahmonbek Usmonov Yunusobod tumaniga hokimlik qilgan.

Bungacha, 2017 yilning aprelida Yunusobod tumaniga hokim bo‘lgan Baxtiyor Abdusamatov yer uchastkasini ajratish uchun pora olayotganda ushlangani xabar qilingandi.