O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tilidan qaytdi va odatdagi tartibda ishlashga kirishdi, deb xabar berdi uning matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Prezidentning qisqa muddatli ta’tili ikki kun davom etdi, ya’ni uning qisqa muddatli ta’tilga chiqqani to‘g‘risida 5 yanvarda xabar berilgan edi.

Ma’lumot uchun, prezident o‘tgan yili ham yanvar oyida — 4−11 yanvar kunlari (7 kun) qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqqandi.

«Gazeta.uz» ma’lumotlariga ko‘ra, bu prezidentning ushbu lavozimga saylangan 2016 yildan buyon ikkinchi mehnat ta’tili.

2019 yil avgust oyida Shavkat Mirziyoyev 14 yillik bosh vazir va 3 yil (o‘sha vaqtda) prezidentlik lavozimidagi faoliyatida birinchi marotaba ta’tilga chiqqani haqida xabar berilgan edi.

Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyev 6 yanvar kuni Qozog‘iston, Tojikiston va Turkiya prezidentlari bilan Qozog‘istondagi tartibsizliklarni muhokama qilgan edi.