Abbosjon Shodmonovich Mirzorahimov Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori lavozimiga tayinlandi, bu hukumatning 1 yanvardagi qarorida aks etgan.

Abbosjon Mirzorahimov — tarix fanlari nomzodi. Termiz davlat universitetida bakalavriatni (1997−2001 yy.), O‘zbekiston Milliy universitetida magistraturani (2001−2003 yy.), O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Tarix institutida aspiranturani (2006 y.), O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini (2011−2012 yy.) tamomlagan.

U bunga qadar Madaniyat va sport ishlari vazirligida (Madaniyat vazirligi hamda Turizm va sport vazirligi etib qayta tashkil qilingan) turli lavozimlarda, qolaversa, prezident Administratsiyasida ishlagan.

Tayinlovga qadar institutga 2019 yilning fevralidan beri Nodirbek Sayfullayev rahbarlik qilib kelayotgandi.