Avvalroq, «Gazeta.uz» o‘z manbasiga tayanib, Akbar Tashkulov Toshkent davlat yuridik universiteti rektori lavozimiga o‘tishi munosabati bilan adliya vaziri o‘rinbosarligidan ozod etilgani haqida yozgandi.

Adliya vazirligining xabar berishicha, Hukumatning 10 dekabrdagi qarori bilan Tashkulov Akbar Djurabayevich Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi.

U 1971 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 1994 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, huquqshunos, birinchi darajali adliya maslahatchisi, «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist» faxriy unvoni sohibi.

Akbar Tashkulov o‘z mehnat faoliyatini 1994−1995 yillarda Adliya vazirligi Xalqaro-huquqiy boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan.

U shuningdek, adliya organlari tizimida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2017 yil aprel oyidan boshlab adliya vaziri o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.