7 dekabr kuni erta tongda Surxondaryo viloyati Denov shahridagi 2 qavatli «Indenim» savdo majmuasida portlash yuzaga kelgani haqida (video) yozgan edik.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, vayronalar ostida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilganda, ikkinchi halok bo‘lgan fuqaro topildi.

Avvalroq, chaqnash natijasida savdo majmuasi binosi devorlari qulab tushgani haqida xabar bergandik. Buning oqibatida bino ichida bo‘lgan 9 kishi jarohat olgani, bir kishining vafot etgani ma’lum qilingan edi.

Estalib o‘tamiz, hodisa joyiga O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligidagi Hukumat komissiyasi yetib borgan va o‘rganish ishlarini olib bormoqda.