UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Captiva 5 avtomobillarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzishni to‘xtatishga majbur ekanligini ma’lum qildi.

«Yuzaga kelgan holat kompaniya tarixida birinchi bor yuz berishi, lekin, biz bugungi kunda jahon avtomobil sanoati og‘ir kunlarni boshdan kechirayotganligi va bizning kompaniyamiz ham bundan mustasno emas» — deyiladi xabarda. Kompaniya o‘z mijozlaridan «keltirilgan noqulayliklar uchun cheksiz uzr so‘radi».

Mijozlar murojaatidan keyin 3 kun ichida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘langan barcha mablag‘lar to‘liq qaytariladi. Qo‘shimcha ravishda oldindan to‘lov summasining 5 foizini kompensatsiya sifatida taqdim etiladi.

Captiva 5 evaziga UzAuto Motors imzolangan shartnomalarga muvofiq, lekin 2022 yilning yanvaridan kechiktirmay yetkazib berish muddati bo‘lgan boshqa modellarni xarid qilishni taklif qildi.

sentabrda UzAuto Motors yangi Captiva 5 sotuvga chiqarilganini e’lon qilgan.

Captiva modeli O‘zbekiston bozoriga 2007 yilda kirgan. O‘sha yilning oktabr oyida mamlakatda avtomobilni yirik blokli yig‘ish boshlandi. Model 2011 yil sentabr va 2017 yil fevral oylarida yangilangan. 2018 yil sentabr oyida GM kompaniyasining modellar qatorini yangilash bo‘yicha global strategiyasining bir qismi sifatida ishlab chiqarish to‘xtatilishi e’lon qilingan.