O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezideti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar berdi Akorda.

Suhbat chog‘ida davlat rahbarlari Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklikni ikki tomonlama kun tartibining barcha spektrlari bo‘yicha yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashdilar.

Muloqot vaqtida Qozog‘iston-O‘zbekiston munosabatlariga «amaliy turtki berish» maqsadida suhbatdoshlar joriy yil oxirigacha O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga davlat tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Shu munosabat bilan ikki davlat hukumatlariga bo‘lajak oliy darajadagi muzokaralarni yuqori darajada o‘tkazishni ta’minlash topshirildi, deyiladi xabarda.